Dubayda «Virgin Hyperloop One» kapsulasi namoyish etildi
«Virgin Hyperoop One» kompaniyasining bosh direktori Birlashgan Arab Amirligida bo‘lib o‘tayotgan innovatsiya haftaligiga tashrif buyurib, kelajak transport tizimining yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan to‘liq formatli modelini taqdim etdi.
O‘tgan yili kompaniya yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan kapsularning prototipini sinovdan o‘tkazgandi, biroq uning hozirgi ko‘rinishi avvalgisidan farq qiladi, deb xabar berdi «Hi-News».
O‘tgan yilgi prototip soatiga 387 kilometr tezlikda harakatlangan, biroq uning ichki muhiti Dubayga olib kelingan yangi modelnikidan ancha farq qiladi.
Namuna keng kapsula ko‘rinishida bo‘lib, uning ichida yo‘lovchilar bemalol turgan holda yura oladi. O‘rindiqlar sensorli displeyga ega tirsakqo‘ygichlar bilan jihozlangan. Shuningdek, ular orasida oyoqni bemalol uzatib o‘tirish va kichikroq jamadonni joylashtirish uchun bo‘sh o‘rin bor. Bu orqali «Hyperloop» poyezdining harakatlanish vaqti qisqaradi, lekin dizayerlar yo‘lovchilarga yaxshi bo‘lishi uchun asosiy e’tiborni qulaylikka qaratgan.
Agarda Amirlik yangi transport tizimini o‘z shaharlarida joriy etishni xohlab qolsa, Hindistondan keyingi navbatni egallashiga to‘g‘ri keladi. Chunki «VHO» egasi Richard Brenson bu kabi liniyani yetti yil ichida qurishga va’da berib qo‘ygan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter