Devorlarni virtual suratlar bilan bezash imkonini beradigan dastur yaratildi
Bugungi kunda virtual reallik bilan birga qo‘shimcha reallik tushunchasi ham keng ommalashib bormoqda. Bu esa o‘z mahsulotlarini qo‘shimcha makon yordamida bir butun holatga keltirayotgan yirik kompaniyalar uchun ancha istiqolli hisoblanadi.
«TechCrunch» nashrining yozishicha, mazkur sohadagi yangi dasturlardan biri sizning devorlaringizni virtual san’at asarlari bilan bezab beradi. Shundan so‘ng o‘zingizga yoqqanini xarid qilishingiz mumkin bo‘ladi, deb xabar berdi «Hi-News».
Dasturni Amerikaning yirik internet do‘konlaridan biri — «Art.com» yaratmoqda. Ushbu kompaniya suratlar savdosi bilan 20 yildan buyon shug‘ullanib keladi. «Art.com» bosh direktorining yoniga «Lyft» taksi-dasturining marketing bo‘yicha sobiq rahbari Kira Vampler kelmaganida o‘z faoliyatini shu tarzda yana ancha yillar davom ettirgan bo‘lardi. «Art.com» mobil dasturiga devorlarni turli virtual surat va posterlar bilan bezash imkonini beradigan «ArtView» funksiyasini yaratish fikri aynan undan chiqqan.
Foydalanuvchilar 2 million turdagi poster va suratlar ichidan o‘ziga ma’qulini tanlab olishi va uni devor o‘lchamiga mos ravishda buyurtma qilishi mumkin.
«Qo‘shimcha reallikdan nafaqat videoo‘yinlarda, balki bizning mijozlarimizni real muammolarini hal etishda ham foydalanish mumkin. Bizning kompaniyamiz zamonaviy dizaynning barcha tendensiyalariga mos bo‘lishga intilmoqda. Dastur foydalanuvchilari o‘zlariga yoqqan suratlarni ko‘rib chiqishi va sotib olishi mumkin. Bu esa savdo hajmining o‘sishiga xizmat qiladi degan umiddamiz», deydi kompaniya rahbari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter