Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Da Vinchidan ilhomlangan muhandis dron yaratdi

Da Vinchidan ilhomlangan muhandis dron yaratdi

Merilend universiteti muhandisi Ostin Pret Leonardo da Vinchining rasmlari asosida dron yaratdi.

Uyg‘onish davrining eng buyuk vakillaridan biri – italiyalik rassom va olim, ixtirochi, yozuvchi, musiqachi Leonardo da Vinchi (1452–1519 yillar)ning bizgacha yetib kelgan chizmalaridagi muhandislik g‘oyalari o‘z davridan ancha oldinlab ketgan edi. Ulardan birida buyuk daho, XV asrning 80-yillari oxirida, aylanma havo vinti orqali harakatlanadigan g‘ayrioddiy uchish apparati eskizini chizgan.

Besh asr o‘tgach, Leonardo zamonaviy vertolyotlarning prototipini chizganligi aniq bo‘ldi. Merilend universiteti muhandislari jamoasi uning hisob-kitoblarini tekshirishni va ular asosida ishlaydigan samolyotni yaratishni o‘z zimmasiga oldi. Izlanishlar natijasida jamoa a’zolaridan biri Ostin Pret katta muvaffaqiyatga erishdi – u Da Vinchi chizgan rasm asosida rotorli kvadrokopter dronini yaratdi. Crimson Spin deb nom olgan ushbu uchuvchisiz qurilma allaqachon bir necha parvozlarni amalga oshirdi. O‘tgan hafta Pret San-Xosedagi Transformative Vertical Flight 2022 (transformatsion vertikal parvoz) yillik konferensiyasi ishtirokchilariga o‘z loyihasini taqdim etdi.

Crimson Spinning texnik imkoniyatlari juda oddiy bo‘lsa-da, kelajakda ushbu texnologiyadan foydalangan holda bir o‘rindiqli samolyotni yaratish mumkin.

Leonardo da Vinchi XV asrda o‘zining “nou-xau”cini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan. Masalan, uning ixcham elektr stansiyasi va mos materiallari yo‘q edi. Undan farqli o‘laroq, Ostin Pret o‘z samolyotini CAD tizimidan foydalangan holda loyihalashtirgan va alyuminiy, plastmassa, elektr motorlar, kompyuterni boshqarish tizimlari yordamida yasagan.

Biroq, mukammallikka erishish yo‘lida u hali ko‘plab, xususan, vintlarning og‘irligini kamaytirish va qurilmaning barqarorligini oshirish kabi muammolarni hal qilishi kerak.

U.Yo‘ldoshev tayyorladi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring