Buyuk Britaniyada «aqlli» paypoqlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi
Paypoqlar sun’iy intellekt bilan «ishlaydi», deb xabar bermoqda runews24.ru. Ushbu «aqlli» paypoq Ekseter universiteti olimlari tomonidan yaratilgan. Ularning fikriga ko‘ra, paypoqlar keksalik va demensiya (xotira xiralashishi), shuningdek, autizm bilan og‘rigan odamlarga yordam berishi kerak.
Ushbu paypoqlarda odamning holati haqidagi ma’lumotlarni smartfonga uzatuvchi, shuningdek, u bilan sodir bo‘lgan anomaliyalar haqida xabar beradigan maxsus sensorlar mavjud.
Shu bilan birga, aksessuar kir yuvish mashinasida yuvishga bardosh bera oladi va batareyasiz ishlaydi.
Hozircha ixtiro Angliyaning janubi-g‘arbidagi Dorset okrugidagi qariyalar uylarida qo‘llanilmoqda va u kelasi yili sotuvga chiqariladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter