Bugundan yangi telekanal ish boshladi
«Nurafshon TV» telekanali 2022-yil 17-yanvardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida efirga uzatilishi boshlandi.
Prezident qarori bilan Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar va yaratilayotgan imkoniyatlardan aholining xabardorlik darajasini kengaytirish maqsadida Toshkent viloyatida «Nurafshon TV» telekanali tashkil etilishi belgilangandi.
Mazkur qarordan kelib chiqib, AKT vazirligining buyrug‘i bilan «RRTM» DUKga O‘zMTRK bilan birgalikda «Nurafshon TV» telekanalini efirga uzatishni texnik tomondan amalga oshirish vazifalari yuklatilgandi.
«RRTM» DUK tomonidan texnik tadbirlar amalga oshirilib, Toshkent teleminorasi, Angren, Shougaz, Chorvoq va Bekobod radioteleuzatish stansiyalar orqali «Nurafshon TV» telekanalini 2022-yil 17-yanvar kunidan boshlab test tariqasida efirga uzatilishi ta’minlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter