Bu tangadagi shifrni buzganlar ishga olinadi
Avstraliyada tashqi razvedka xizmatining kiberxavfsizlik agentligi (Avstraliya signallar boshqarmasi — ASD) 75 yilligi munosabati bilan esdalik tangasi chiqarildi. Bu haqda ABC News xabar berdi.
Tangada turli murakkablikdagi shifrlar aks etgan, ularni buza olganlarni Avstraliya tashqi razvedkasi ishga oladi.
ASD bosh direktori Reychel Noublning aytishicha, tanga agentlik a’zolari mehnatini sharaflab, kodlarni buzish evolyusiyasini ifodalaydi.
«Ikkinchi jahon urushi paytida odamlarimiz: harbiylar, fuqarolar yapon harbiy kodlarini qog‘oz va qalamda yechib, Yaponiya harbiylari qayerdaligini ko‘rsatish uchun ittifoqchi kuchlarga yuborishgan», — dedi Noubl.
Noublning ta’kidlashicha, tangadagi kodlarni yechishning barcha to‘rt bosqichidan o‘ta olganlar bemalol Avstraliya signallar boshqarmasiga ishga kirish uchun ariza yozishsa bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter