Britaniya politsiyasi giyohfurushni «WhatsApp»dagi barmoq izi orqali topishga muvaffaq bo‘ldi
Uels politsiyasi giyohvand moddalar bilan savdo qiluvchi shaxsni uning «WhatsApp»dagi suratida tasvirlangan barmoq izlari yordamida qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi. Suratda kaftida ekstaz tabletkalarini ushlab turgan qo‘l tasvirlangan bo‘lgan, deb xabar beradi «NV.ua».
Surat Bridgen shaharida o‘tkazilgan reyddan so‘ng, giyohfurushlardan birining telefonidan topilgan. Politsiyachilar qo‘lga olingan shaxsning «WhatsApp»dagi yozishmalarini tahlil qilib ko‘rdi va u yerdan shubhali suratni aniqladi. Shundan keyin politsiya suratni tekshiruvga yuborgan va u orqali giyohvand moddalar bilan savdo qiladigan er-xotin Darren va Dominik Morrislarni qo‘lga olgan. Biroq er-xotinning barmoq izlari suratdagiga mos kelmagan.
Shunda huquq-tartibot xodimlari ularning 28 yoshli Eliot ismli o‘g‘liga e’tibor qaratgan va aniqlanishicha, suratdagi qo‘l aynan unga tegishli bo‘lgan.
Sud oilaning otasini 27 oyga, onani 12 esa oyga ozodlikdan mahrum etish bo‘yicha hukm chiqargan bo‘lsa, Elliot Morris 8,5 yilga qamaldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter