Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Facebook» va «VKontakte»dagi do‘stlaringizni boshqalardan yashirib qo‘yish usulini bilasizmi?

«Facebook» va «VKontakte»dagi do‘stlaringizni boshqalardan yashirib qo‘yish usulini bilasizmi?

Foto: «Layfxaker»

«VKontakte» hamda «Facebook» ijtimoiy tarmog‘idagi ayrim do‘stlaringizni yashirib qo‘ymoqchimisiz? Bu borada «Layfxaker» o‘z maslahatlari bilan bo‘lishadi.

Buning uchun birinchi navbatda ijtimoiy tarmoqning veb-versiyasi kerak, chunki mazkur amalni mobil dastur orqali bajarib bo‘lmaydi.

Kompyuteringiz yoki mobil qurilmangizda «VKontakte» saytini oching va Sozlamalar orqali «shaxsiy» bo‘limiga kiring. «Mening sahifam» blokida «Mening do‘stlarim va obunachilarimda kimlarni ko‘rish mumkin?» bandini tanlang. Kontaktlar ro‘yxati ochilgach, boshqalardan yashirib qo‘yishni istagan odamlaringizni tanlang va «O‘zgartirishni saqlash» tugmasini bosing.

Siz 30 nafargacha do‘stingizni yashirib qo‘yishingiz mumkin, xolos.

«Facebook»dagi do‘stlarni yashirib qo‘yish

Agarda siz mobil dasturdan foydalansangiz «Akkauntni sozlash» funksiyasi orqali «maxfiylik» bo‘limiga kiring. Sahifaning pastiga tushib, «Sizning do‘stlaringiz ro‘yxatini kim ko‘rishi mumkin?» bandiga bosing.

Agarda barchadan yashirib qo‘ymoqchi bo‘lsangiz, «Faqat men»ni tanlang yoki alohida odamlar guruhini («Do‘stlar», «Yaqin do‘stlar» va hokazo) belgilang.

Agarda siz ijtimoiy tarmoqqa veb-versiya orqali kirsangiz sozlamalarga kirib «Maxfiylik» panelini tanlang. Shundan so‘ng «Tahrirlash» bo‘limidan «Sizning do‘stlaringiz ro‘yxatini kim ko‘rishi mumkin?» punktini tanlang va «Barcha ko‘rishi mumkin» tugmasini «Faqat men»ga o‘zgartiring.

Shuningdek, siz «Foydalanuvchi sozlamasi»ga bosib, do‘stlaringizni berkitmoqchi bo‘lgan individual foydalanuvchilar ro‘yxatini tuzishingiz ham mumkin.

Shu orqali «Facebook» barcha kontaktlar ro‘yxatini butunligicha yashirib qo‘yish imkoniyatini taqdim etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring