Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bloger hayratda! Rossiya va O‘zbekistondagi smartfonlar narxlari solishtirildi

Bloger hayratda! Rossiya va O‘zbekistondagi smartfonlar narxlari solishtirildi

Foto: «Ferra»

YouTubeda 2,9 mln. obunachiga ega «808» YouTube-kanali boshlovchisi Kim Korshunov Samarqandga kelganida mahalliy aholi taniqli brendlar yorlig‘i yopishtirilgan smartfonlarga sarflayotgan pullarni hisoblagandi. Shahar bejizga tanlanmagan: juda qadimiy, shu bilan birga Buyuk ipak yo‘li markazlaridan biri, deyiladi xabarda.

Rossiya vs O‘zbekiston — kimda qimmat?

Samarqandni aylangan bloger Redmi Note 10 (ichki xotirasi 64 GB) O‘zbekistonda 2 343 000 so‘m (yoki 16 000 rubl)ga sotilayotganini aytadi. Solishtirish uchun: Moskvadagi «M.Video»da xuddi shu smartfon 17 990 rublga sotilmoqda, butun Rossiya bo‘ylab o‘rtacha narxi (e-katalog) 14 990 rubldan boshlanadi.

Redmi 9A (2/32 GB) O‘zbekistonda — 1 250 000 so‘m (8 500 rubl) va 1 379 000 so‘mdan (9 400 rubl) baholangan; Moskvadagi «M.Video»da arzonroq — 7 990 rubl, Rossiya bo‘yicha  (e-katalog) yanada arzon — 6 800 rubldan boshlanadi.

Samarqandda Xiaomi Mi 11 Lite (6/128 GB) smartfonini 3 650 000 so‘mga (24 900 rubl) xarid qilasiz, deydi bloger. «M.Video» (Moskva)dagi narxi — 25 990 rubl. Rossiyada o‘rtacha narxi (e-katalog) 22 400 rubldan boshlanadi. Bloger O‘zbekistondagi do‘konlardan birida ushbu smartfon 320 dollar (23 300 rubl)dan sotilayotganiga guvoh bo‘lgan.

Foto: «Ferra»

1 250 dollar (91 000 rubl) — O‘zbekistonda iPhone 12 Pro Max egasi bo‘lish uchun shuncha pulingiz bo‘lishi kerak, deydi bloger. Rossiya hududida joylashgan Apple rasmiy do‘konlarida bu «ayfon»ning narxi — 119 990 rubl, boshqa do‘konlarda — 87 500 rubl.

iPhone 11 Pro Max (64 GB) O‘zbekistondagi elektronika do‘konlari tarmoqlarida 12 000 000 so‘m (82 000 rubl)dan sotilayotgan bo‘lsa, Rossiyada (e-katalog) 59 990 rubldan boshlanadi.

G‘ilofi, himoya oynasi va 10 000 mAs pauerbanki bilan birga, Samsung Galaxy A52 (128 GB) O‘zbekistonda — 4 020 000 so‘m (27 400 rubl). Samsung kompaniyasining Rossiyadagi rasmiy do‘konlarida bunaqa smartfonning bir donasi — 29 990 rubl, onlayn-servislarda (e-katalog) esa 24 300 rubldan boshlanadi.

Galaxy S21 Ultra (256 GB) Samarqandda (1 230 dollar/89 000 rubl) Moskvadagi (105 990 rubl) rasmiy savdo nuqtalaridagidan arzon. Biroq Rossiyadagi onlayn do‘konlarda bu smartfonni 80 000 rublga ham topsa bo‘ladi.

Ko‘rinib turibdiki, Samarqandda faqat moskvalik sayyohgina og‘rinmasdan smartfon sotib olishi mumkin. Qolganlar esa hayratda...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring