Bizga ham shunaqasi kerak!
Xitoy davlat turizmi boshqarmasi «Amap» navigatsion onlayn-provayderi bilan hamkorlikda joriy yilning boshida turistlar uchun mamlakat hududidagi eng yaqin jamotchilik hojatxonalari qayerda joylashganligini ko‘rsatib turuvchi maxsus dasturni ishga tushirgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur dasturdan ikki oy ichida 15 million marta foydalanilgan, deb xabar berdi «RIA Novosti».
«Sinxua» agentligining yozishicha, istalgan foydalanuvchi dasturdagi tugmani bosgan holda, ikki kilometr radius atrofdagi barcha jamoatchilik hojatxonalari va ularga qanday qilib tezda yetib olish mumkin bo‘lgan marshrutlar haqida ma’lumotga ega bo‘ladi. Yangi servisda turistik ob’yektlar yaqinida joylashgan 500 mingdan ortiq jamoatchilik hojatxonalari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Dasturchilar yaqin vaqtlar ichida dasturga mamlakatdagi barcha turistik ob’yektlarni hamda vokzallar, avtostansiya va restoranlar kabi odam gavjum bo‘ladigan joylarni ham kiritishni rejalashtirmoqda.
Yangi dasturning yaratilishi 2015-yili Xitoyda e’lon qilingan «hojatxona inqilobi» doirasida amalga oshirilgan. Hukumat uch yil ichida salkam 34 ming yangi hojatxonalar qurishni maqsad qilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-yilda 24-mingta yangi jamoatchilik hojatxonalari qurilsa, yana uch yil davomida 64 mingta hojatxona ishga tushiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter