«Biz 2 yoshdamiz!» (video)
2020 yilning 25 iyun kuni hukumat qarori bilan «Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi» davlat muassasasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi.
Qayd etilishicha, bugun markaz tomonidan yo‘lga qo‘yilayotgan elektron xizmatlardan foydalanuvchilar soni milliondan oshib ketgan.
Bu qisqa davr — ikki yildayoq samarali natijalarga erishib, kundan-kunga aholimizning og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilayotgani, turli ovoragarchilik, qog‘ozbozlikka barham berayotganini anglatadi.
Xususan, yurtdoshlarimiz my.gov.uz axborot tizimi orqali ortiqcha byurokratik to‘siqlardan xoli 330 dan ziyod elektron davlat xizmatlarini olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Aynan raqamlashtirish jarayonlari tufayli kecha imkonsizdek ko‘ringan narsalar bugun amalga oshmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter