Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bitta kompaniya 200dan ortiq «UZ» domenini ro‘yxatdan o‘tkazdi

Bitta kompaniya 200dan ortiq «UZ» domenini ro‘yxatdan o‘tkazdi

Foto: «Sum.edu.pl»

O‘tgan yil dekabr oyida «UZ» domenidagi uch harf/raqamdan iborat kombinatsiyadagi barcha bo‘sh (15 ming!) domenlar ro‘yxatdan o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik. Buni qarangki, uch simvolli ayrim kombinatsiyalar bo‘sh qolgan ekan.

«Spot» nashri ma’lum qilishicha, «Arsenal D» kompaniyasi orqali ro‘yxatga olingan 200 domenning barchasi chiziqchali uch simvoldan iborat: a-x.uz, c-u.uz, c-m.uz, y-r.uz, u-t.uz, v-q.uz va hokazo.

Domenlar yuridik shaxs — «Djabbarov Z.» XK nomiga ro‘yxatga olingan. Xuddi avvalgi holatda bo‘lgani kabi, nima maqsadda yuzlab domenlar bir vaqtning o‘zida sotib olingani ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, «UZ» domenidagi domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizomga ko‘ra, kiberskvotting va domen grebbing taqiqlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring