UZ domeni nomlari soni 65 mingtadan oshdi
![UZ domeni nomlari soni 65 mingtadan oshdi](https://static.xabaruz.com/crop/1/1/720_460_95_117154961.jpg)
O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar berishicha, 2018-yil UZ domeni hududi uchun o‘sish yili bo‘ldi.
Hududda 2018-yili domen nomlari o‘sish sur’ati 24,1 foizni tashkil etdi, 23 mingdan ortiq yangi domen nomi ro‘yxatga olindi, faol domenlar soni 65 mingtadan oshdi.
2018-yilning 20-21-sentyabr kunlari Toshkent shahri Osiyo-Tinch okeani mintaqasi yuqori darajadagi domenlar milliy assotsiatsiyasi — APTLD (Asia Pacific Top Level Domain Association) — Osiyo Tinch okeani mintaqasi yuqori darajadagi domenlar milliy assotsiatsiyasi (Asia Pacific Top Level Domain Association)ning 20-yubiley sessiyasiga mezbonlik qildi.
Bundan tashqari, «UZINFOCOM yagona integratori» MChJning domen nomlarini ro‘yxatga oluvchi sifatida faoliyati to‘xtatilishi 2018-yildagi strategik qarorlardan biri bo‘lgani ta’kidlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter