Birinchi arab zondi Marsga uchirildi
2020-yilning 20-iyulga o‘tar kechasi arab mamlakatining ilk sayyoralararo zondi Mars tomon uchirildi. «Umid» zondi Birlashgan arab amirliklariga tegishli (amerikalik mutaxassislar bilan yaqin hamkorlikda yasalgan).
Sayyoralararo stansiyani fazoga yaponlarning «H-IIA» raketa-tashuvchisi olib chiqdi. Raketaning o‘zi ham Yaponiya hududidan uchirildi.
Rejaga ko‘ra, zond Marsga 2021-yilning fevral oyida yetib boradi.
«Umid» (EMM — Emirates Mars Mission) «Qizil sayyora»ni orbitadan o‘rganadi — modulda qo‘nish funksiyasi yo‘q.
Zondning massasi — 1350 kilogramm, kattaligi, quyosh batareyalari yoyilganidan so‘ng, 3 × 7,9 metr.
EMMning asosiy vazifasi Mars atmosferasini o‘rganishdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter