Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belarusning mashhur IT-kompaniyasi O‘zbekistonda vakolatxonasini ochishni istamoqda

Belarusning mashhur IT-kompaniyasi O‘zbekistonda vakolatxonasini ochishni istamoqda

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Belarusning «Wargaming» kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi.

Uchrashuv doirasida tomonlar o‘rtasida qator yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik qilish masalalariga e’tibor qaratilgan. Jumladan, «Wargaming» kompaniyasi vakillari O‘zbekiston IT bozoriga katta qiziqish bildirgani, dasturlovchilar uchun vakolatxonasini ochish masalalari muhokama qilingani qayd etildi.

O‘z navbatida, AKT vazirligi rahbariyati ushbu masalada ko‘mak berishga tayyorligini bildirgan.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda O‘zbekistonda xorijiy IT-kompaniyalar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Jumladan, IT-Park rezidentlari bo‘lgan xorijiy kompaniyalarga soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etiladi, ularga tashkiliy ko‘mak beriladi, jumladan, tayyor infratuzilma ham taqdim etiladi. Yanada qulaylik yaratish maqsadida «IT visa» tizimi joriy qilindi. Mazkur tizim IT mutaxassis va uning oila a’zolari uchun vizalarni tez olish imkon beradi.

Malumot uchun:

«Wargaming» – bu Belarus xususiy kompaniyasi hisoblanib, kompyuter o‘yinlarini yaratish bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan biridir. Kompaniya 15 dan ziyod turli platformalarga mo‘ljallangan o‘yinlarni ishlab chiqqan.

Ular orasida World of Tanks va World of Warplanes kompyuter o‘yinlari eng ommalashgan bo‘lib, ularning auditoriyasi 200 million foydalanuvchidan oshadi.

Kompaniyada hozirda 5000 dan ortiq xodim ishlaydi. Kompaniyaning vakolatxonalari Belarus, Rossiya, Ukraina, Kipr, AQSh, Fransiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Singapur, Yaponiya va Tayvanda joylashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring