Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bandlik boshqarmasi boshlig‘i fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazishning qulay yo‘lini topdi

Bandlik boshqarmasi boshlig‘i fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazishning qulay yo‘lini topdi

Foto: Viloyat Bandlik bosh boshqarmasi axborot xizmati

Endilikda Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi rahbariyatining fuqarolar bilan uchrashuvlari onlayn tarzda ham o‘tkazilib boriladi. Bu haqda boshqarma axborot xizmati xabar berdi.

Axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan unumli foydalanish bir vaqtning o‘zida viloyatimizning barcha hududlaridagi fuqarolar murojaatlarini o‘rganish imkonini beradi.

Foto: Viloyat Bandlik bosh boshqarmasi axborot xizmati

18-may kuni Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Murodjon Muhammadiyev aholi bilan ochiq ovozli muloqotini o‘tkazdi. Reglament asosida bir soatga belgilangan onlayn muloqot bir yarim soatga yaqin davom etdi. Unda ishtirok etgan yuzga yaqin ishtirokchilardan 22 nafarining murojaatlari tinglandi.

— Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ko‘magi bilan boshqarmamizda Axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanib kelinmoqda, — deydi Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini takomillashtirish va saqlash mutaxassisi Hasanboy Rahbarqulov. — Endilikda boshqarma rahbariyatining aholi murojaatlarini o‘rganish, ularni ijobiy yechimini topish hamda bir vaqtning o‘zida viloyatimizning barcha hududlaridagi fuqarolar qabulini tashkil etish, ularning vaqtlarini tejash maqsadida boshqarmaning Telegramdagi rasmiy sahifasi orqali doimiy ravishda onlayn ovozli muloqot o‘tkazilishi belgilandi. Ushbudan kelib chiqib, bugun ham tashkil etilgan boshqarma boshlig‘ining onlayn muloqotida yuzga yaqin fuqarolar ishtirok etib, ulardan 22 nafarining murojaatlari tinglanib, murojaatlar tegishli tartibda o‘rganilib chiqilishi hamda ularni hal etish chora-tadbirlari belgilandi.

Ma’lumot o‘rnida, kelgusida boshqarma rahbariyati ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilgan onlayn muloqot vaqti va unda ishtirok etuvchi boshqarma rahbariyati haqida qo‘shimcha ravishda axborot berib boriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring