Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim fuqarolarga nafaqa tayinlash bo‘yicha davlat xizmatlari YaIDXP orqali ko‘rsatiladi

Ayrim fuqarolarga nafaqa tayinlash bo‘yicha davlat xizmatlari YaIDXP orqali ko‘rsatiladi

Hukumat qarori (248-son, 28.04.2021-y.) bilan Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolarga nafaqa tayinlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, 2021-yil 1-avgustdan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolarga nafaqa tayinlash bo‘yicha davlat xizmatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etiladi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolar quyidagilar hisoblanadi:

  • nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalar, OIV infeksiyasiga chalingan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslar hamda 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar;
  • davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslar;
  • bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor onalar;
  • yoshidan qat’i nazar ish stajiga ega bo‘lmagan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
  • davlat pensiyasini olish huquqiga ega bo‘lmagan shaxsning qaramog‘ida bo‘lgan oilaning mehnatga layoqatli bo‘lmagan a’zolari.

Ularga davlat xizmatlari DXM yoki YaIDXP orqali Pensiya jamg‘armasi tomonidan ko‘rsatiladi va nafaqa puli nafaqa yetkazib berish yuklangan tashkilot tomonidan to‘lanadi.

Murojaat qiluvchi DXMga o‘zi (yaqin qarindoshlari, ishonchli vakili, vasiy yoki homiy) kelishi yoki elektron tarzda YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qilishi mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring