Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtomobil ehtiyot qismlari savdosiga oid loyihasi uchun talaba 100 million so‘m mukofot oldi

Avtomobil ehtiyot qismlari savdosiga oid loyihasi uchun talaba 100 million so‘m mukofot oldi

Muhammadjon Mamadiyev

Toshkent shahridagi Amiti universiteti talabasi o‘zining loyihasi uchun 100 million so‘m miqdoridagi mukofotga sazovor bo‘ldi.

Universitetning IFP 3-bo‘lim talabasi 18 yoshli Muhammadjon Mamadiyev Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda «HELPCAR» nomli startap g‘oyasi bilan ishtirok etib, 100 million so‘m pul yutug‘ini qo‘lga kiritdi.

«COVID-19 pandemiyasi onlayn xarid qilish uslubini tamoman o‘zgartirdi. O‘zim 4 oydan beri avtomobil qismlari bozorida ishlayapman. Ammo pandemiya davrida biz sotish va sotib olishda ba’zi qiyinchiliklarga duch keldik. Men bir nechta mobil ilovalarini topdim, ammo ulardan foydalanish unchalik qulay emas edi. Shubhasiz, men avtomobil ehtiyot qismlari bozorini tahlil qildim va o‘z dasturimni tuzishga qaror qildim. HELPCAR — bu biznesdan biznesga va biznesdan mijozga yo‘naltirilgan dastur hisoblanib,  foydalanuvchilarga ulgurji narxlarda qulay onlayn xarid qilish tajribasini va sifatli qismlarni taqdim etishda yordam beradi. Bu nafaqat O‘zbekistonga, balki Markaziy Osiyoga ham tegishli. Masalan, biz  O‘sh shahridan (Qirg‘iziston) birinchi buyurtmamizni qabul qildik», — deb ta’kidlaydi yosh startapchi.

Shu bilan birga, Muhammadjon Mamadiyev O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tanlovning  barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, hozirda o‘z loyihasini ishlab chiqishni yo‘lga qo‘ymoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring