«ASUS» kuchli akkumulyatorga ega «toza Android» smartfonini taqdim etadi
«ASUS» kompaniyasi yaqin kunlarda «ZenFone Max Pro M1» nomini olgan modeli taqdimotini o‘tkazadi. Unga «Qualcomm» protsessori, katta sig‘imli akkumulyator, ikkitalik kamera va «toza Android» o‘rnatilgan, deb xabar berdi «4PDa».
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, «ZenFone Max Pro M1» modeliga tomonlar nisbati 18:9 ga teng bo‘lgan 6 dyuymli displey, sakkiz yadroli «Snapdragon 636» protsessori o‘rnatiladi. Uning tezkor xotirasi 6 gigabaytni, ichki xotirasi 64 gigabaytni tashkil etadi. Shuningdek, SIM-karta uchun ikkita slot va sig‘imi 5 000 mA/soatga teng akkumulyator o‘rnatiladi.
«ZenFone Max Pro M1» ikkitalik 16 megapikselli kameraga ega. Bundan tashqari frontal kamerasiga ham 16 megapikselli sensor o‘rnatiladi. Smartfon barmoq izi skaneri yoki yuz skaneri yordamida blokdan chiqariladi. Shuningdek, yangi modelga NPX kuchaytirgichli zamonaviy audiotizim o‘rnatilishi kutilmoqda.
«ZenFone Max Pro M1» modeli taqdimoti 23-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter