Armaniston hukumati o‘zida chiqarilgan kompyuterlarda ishlashga o‘tdi
Armaniston hukumati arman kompyuterlarida ishlashga o‘tdi. «Newsru.com» yozishicha, bu haqda mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyan hukumat yig‘ilishida ma’lum qilgan.
«Bundan buyon hukumat yig‘ilishlarida Armanistonda chiqarilgan kompyuterlardan foydalanamiz. Mamlakatimizda yuqori texnologiyalarni rivojlantirish hukumatning istiqboldagi vazifalaridan sanaladi. Nafaqat dasturiy ta’minot, balki kompyuter texnikasiga ham e’tibor qaratiladi», — dedi Pashinyan.
«Vestnik Kavkaza» xabar berishicha, shu paytgacha hukumat a’zolari «Apple» noutbuklaridan foydalanishardi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter