Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Xitoyning qaysi harbiy texnologiyasidan xavotirda?

AQSh Xitoyning qaysi harbiy texnologiyasidan xavotirda?

Foto: «Thomas Peter / Reuters»

27 iyulda o‘tkazilgan sinov Xitoyning gipertovush texnologiyasida erishgan yutuqlarini namoyish qilib berdi, deb yozadi Amerikaning «The Drive» nashri.

Nashrning ta’kidlashicha, sinov vaqtida Xitoyning gipertovushli samolyotidan qandaydir jism, ehtimol, boshqariladigan raketa uzilib chiqqan. Uning maqsad va vazifalari AQSh uchun noma’lumligicha qolmoqda.

«Rejali apparat yordamida gipertovush tezligida foydali yuklamaning atmosferada ajralib chiqishi muhim texnologik yutuqdan dalolat berishi mumkin», – deb yozadi gazeta.

Xuddi shunday sinov haqida o‘z manbalariga tayanib, noyabr oyida Financial Times nashri xabar bergan edi.

O‘sha oyda AQSh Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi o‘rinbosari general Jon Xayten Xitoyda gipertovushli raketa sinovlari haqida ma’lumot bergan.

Oktyabr oyida general Xayten Xitoy gipertovushli qurollarni ishlab chiqishda Rossiyadan o‘zib ketganini aytgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring