Aqlli uy qanday bo‘ladi? Yosh dasturchi yangi loyiha haqida gapirib berdi
Toshkent shahridagi Xalqaro anjumanlar zalida o‘tkazilayotgan xalqaro forumda Prezident ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘zlarining aqlli uy loyihasi bilan qatnashmoqda. Bu haqda Xabar.uz muxbiri ma’lum qildi.
Bugun 24 noyabr kuni Toshkent shahridagi Xalqaro anjumanlar zalida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan halqaro hamkor tashkilotlar bilan birgalikda «Yangi O‘zbekiston ta’limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik» forumi boshlandi.
Unda ta’lim sohasidagi xalqaro va mahalliy ekspertlar hamda davlat arboblari, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘lik va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova, Massachusets texnologiyalar instituti J-Well direktori Vijay MS Kumar, Myunxen texnika universiteti faxriy prezidenti Volfgang Herman, UNESCOning ta’lim masalalari bo‘yicha director o‘rinbosari Stefania Jianini (videomurojaat), Cambridge Assessment xalqaro ta’lim tashkilotining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Bosh maslahatchisi Stive King, Cambridge Assessment xalqaro tashkiloti Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Megan Thomas va Times Higher Education Bosh tijorat direktori Nick Davis ishtirok etmoqda.
30 dan oshiq davlatlardan tashrif buyurgan mehmonlar forum ochilishi avvalida o‘tkazilayotgan ko‘rgazmalar bilan qizg‘in tanishdi.
Forumda Muhammad Al-Xorazmiy maktabi o‘quvchilari o‘zlarining o‘nlab ishlanmalari bilan ishtirok etishdi. Ularning har bir ishlanmasi kuzatuvchilarda qiziqish uyg‘otdi.
«Bu bizning Smart-Hous proyektimiz. Buni biz o‘z guruhimiz bilan ishlab chiqqanmiz. Bu aqqli uy loyihamiz barcha qulayliklarni o‘z ichiga oladi. Masalan, hovliga kirishdan boshlab, hammasi avtomatlashtirilgan bo‘ladi. Eshiklar inson harakatini aniqlashi bilan o‘zi ochiladi. Shuningdek, avtoturargoh ham xuddi shunday ochiladi. Bundan tashqari uy ichkarisidagi harorat ham ham nazorat ostida bo‘ladi. Ortiqcha sovuqlik yoki issiqlik holati sezilishi bilan uyda havo aylanish tizimi ishga tushadi va harorat qoniqarli ko‘rsatgichga olib kelinadi», — deydi Muhammad Al-Xorazmiy maktabi o‘quvchisi Muhayyoxon.
Shuningdek maktabning yana bir qator o‘quvchilari o‘zlarining ishlanmalari bilan ishtirok etishmoqda. Bunda ular tomonidan yaratilgan surat chizuvchi, ichimlik quyuvchi, futbol o‘ynaydigan va yana bir necha turdagi robotlar mehmonlarga namoyish qilinmoqda. Ular o‘z ishlanmalarining xususiyatlari, bajaradigan vazifalari va aholi uchun nima qulayliklarni olib kelishi haqida aytib berishdi.
«Biz sinfimiz bilan kubik-rubik yig‘adigan robot va yuk ko‘tara olish qobiliyatiga ega bo‘lgan robot fil bilan qatnashyapmiz. Bu robotlarimizning qismlarini chet eldan buyurtma asosida chaqirtiramiz. Robotni qismlari asosida o‘zimiz yig‘amiz. Shu bilan bir qatorda biz bu robotlarga kerakli dastur tilida kodlarni yozib, ularning bajarish funksiyalarini o‘rnatamiz. Robot filimiz yura oladi, bir necha yukni ko‘tarib, bir joydan ikkinchi joyga tashish qobiliyatiga ega. Kubik-rubik yig‘adigan robotga biz o‘zimiz kod yozganmiz va uning eng yuqori ko‘rsatgichi 4 sekundda istalgan chalkashlikdagi kubik-rubikni yig‘ib chiqadi. Bunda o‘yinchoq ichiga o‘rnatilgan uzatgich yuborgan signallar orqali robot kerakli rangni qayerda joylashinini o‘zi aniqlab oladi», — deydi maktabning 7-sinf o‘quvchilari.
Forum davomida yuqori martabali mehmonlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Unda, jumladan «Global ta’limda mavjud muammolar va ularning yechimi: xorij tajribasi va integratsiya» mavzusi, xususan
- Zamonaviy mehnat bozori talablariga muvofiq ta’lim berishning aosiy omillari;
- Iqtidorli yoshlar uchun sifatli ta’lim sharoitlari yaratish;
- Global miqyosdagi ta’limiy yangiliklarni mahalliy sharoitda joriy etish;
- Kunning ikkinchi yarmida, shuningdek Agentlik tomonidan Hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan tashkilot va elchixonalar bilan memorandum imzolandi.
Ikkinchi kun, 25 noyabr kuni Prezident ta’lim muassasalari agentligi va Halq ta’limi vazirligi tizimidagi o‘qituvchilar uchun malakali xorijiy mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari va taqdimotlar tashkil etiladi.
Shu kuni forum ishtirokchilari uchun yalpi majlis bo‘lib o‘tadi, unda, jumladan raqamlashgan davrda chet tillarni o‘qitish ko‘nikmalari va STEM fanlari joriy qilishning hozirgi muammolari va kelajakdagi strategiyalari kabi masalalar muhokama qilinadi.
Shu kuni, ishtiroklar uchun interaktiv o‘yinlar tashkil etilib, sertifikatlar taqdim etiladi.
Avvalroq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov poytaxtimizdagi Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkiga borgani, u yerda yangi qurilayotgan zamonaviy majmuaning bugungi holati bilan yaqindan tanishgani haqida xabar qilgan edik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter