Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Apple» kompaniyasi «Samsung»ga qariyb bir milliard dollar jarima to‘ladi

«Apple» kompaniyasi «Samsung»ga qariyb bir milliard dollar jarima to‘ladi

Foto: «Telerex-europe.com»

«Apple» kompaniyasi «Samsung»ga OLED-panellarini yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomada ko‘zda tutilgan yirik jarimani to‘lab berdi. Bu haqda DSCC agentligi saytida xabar berilgan.

Analitiklar Koreya kompaniyasining 2020-yil ikkinchi choragidagi hisobotini o‘rganib chiqishdi va 64 milliard dollar miqdorida tushum bo‘lganini aniqlashdi. Mutaxassislar Koreyaning «The Elec» nashri ma’lumotlarini ham tekshirib ko‘rishdi. Unga ko‘ra operatsion tushumga «Apple»ning 900 million dollar miqdoridagi jarimasi ham kiritilgan. DSCC hisob-kitobiga ko‘ra, to‘lov aslida 950 million dollarni tashkil etgan.

Amerika kompaniyasi «Samsung»ga shartnomada ko‘rsatilganidan kamroq miqdorda OLED-panellarini xarid qilgani uchun belgilangan jarimani to‘lab berdi. Analitiklar «Apple» 2020-yilning boshida smartfonlar bozorida talabning pasayishi tufayli kamroq tarkibiy qismlarni sotib olishga majbur bo‘lgan, degan xulosaga kelgan.

Hisobotda aytilishicha, bu «Apple»ning bajarmagan majburiyatlari uchun to‘layotgan birinchi jarimasi emas. 2019-yilda ham kompaniya belgilangan miqdorda ishlab chiqarilgan OLED-panellarining hammasini sotib olmagani uchun «Samsung»ga 683 million dollar miqdorida jarima to‘lashga majbur bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring