Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Apple» bozor qiymati $3 trillionlik ilk kompaniyaga aylandi

«Apple» bozor qiymati $3 trillionlik ilk kompaniyaga aylandi

Foto: «Investopedia»

3-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan savdolardan so‘ng «Apple»ning bozor qiymati $3 trln.ga yetdi. Bu jahondagi barcha kompaniyalar orasidagi yagona va eng yuqori ko‘rsatkich ekanligi haqida «Forbes» yozmoqda.

$3 trln. — juda ulkan qiymat, masalan, Buyuk Britaniya yalpi iqtisodiyotidan yoki Germaniya fond bozoridan kattaroq.

Nasdaq birja savdolarida (3-yanvar) «Apple»ning bitta aksiyasi qiymati $182,86 ga chiqdi yoki deyarli 3 foizga qimmatlashdi.

«Bloomberg» qayd etishicha, «Apple» xaridorlarni jalb etgan mahsulotlarning beto‘xtov yetkazib berilishi ortidan dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylandi. Endilikda sarmoyadorlar bozorlarning volatilligi (o‘zgaruvchanligi) sharoitida bu kompaniyani nisbatan xavfsiz aktiv hisoblashmoqda, ta’kidlagan «Bloomberg».


«Apple» bozor qiymati birinchi bo‘lib 1 trln. dollarga yetgan kompaniya (2018-yil). Uning ortidan «Microsoft», «Amazon», «Alphabet» («Google» bosh kompaniyasi), «Facebook» texnogigantlari va Saudiya Arabistonining «Saudi Aramco» ($2 trln.ga baholangan dunyodagi ilk kompaniya) neft kompaniyasi bu pog‘onani ishg‘ol etishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring