Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Apple» 2020-yilda egiluvchan «iPhone» taqdim etadi

«Apple» 2020-yilda egiluvchan «iPhone» taqdim etadi

Foto: «ITC ua»

Odatda egiluvchan smartfonlar deganda ko‘pchilikning xayoliga «Samsung» kompaniyasining mahsulotlariga keladi, biroq «Apple» ham egiluvchan smartfonlar ustida faol ish olib bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya 2020-yilda o‘zining birinchi egiluvchan «iPhone»ni taqdim etadi, deb xabar berdi «ITC ua».

Amerika investitsiya kompaniyasi tahlilchilaridan birining aytishicha, u «Apple»ga ehtiyot qismlarini yetkazib berish bilan shug‘ullanadigan osiyolik tanishidan yangi smartfon qachon taqdim etilishi mumkinligini bilib olgan. «Apple» ekrani egiluvchan smartfon hamda o‘z displeyi maydonini ikki barobarga oshirib, planshetga aylana oladigan smartfonni yaratish ustida ish olib bormoqda.

Ko‘rinishidan, gap ko‘plab smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan taqdim etilgan kitob yoki vertikal shaklda yig‘iluvchi qurilma haqida ketmoqda. 2017-yilning oxirida «Apple» shu turdagi egiluvchan smartfonga patent ham olgan edi.

Eslatib o‘tamiz, «Apple» kompaniyasi smartfon ekranlarini yaratishda «LG» bilan hamkorlik qiladi. Mazkur kompaniya avvalroq egiluvchan ekranni yaratishga muvaffaq bo‘lgan.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring