«Apple» 20 mln dona tibbiy niqob ishlab chiqardi
«Apple» kompaniyasi o‘z ishlab chiqarish tarmog‘ini ishchilarni, hamkorlarini, tibbiyot xodimlarini va boshqalarni «COVID-19» epidemiyasidan himoya qilish maqsadida shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash uchun safarbar qiladi.
Kompaniya direktori Tim Kukning so‘zlariga ko‘ra, 20 milliondan ortiq niqoblar ishlab chiqarilgan. Hozirda niqoblar dunyo bo‘ylab tarqatilmoqda.
Bu haqda Kukning Tvitteriga asoslanib «TechCurnch» sayti xabar bergan.
«Buni «Apple» mijozlari uchun, sevgi va minnatdorlik ramzi sifatida qilmoqdamiz. Sizlar uchun ko‘proq harakatdamiz va barchasini baham ko‘ramiz», dedi Kuk.
«Apple» korxonalar bilan allaqachon ishni boshlab yuborgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter