Antarktidada «OnTaxi» xizmati yo‘lga qo‘yildi
Endilikda «Android» va «iOS» operatsion tizimida ishlaydigan mobil qurilmalardan foydalanuvchi Antarktida aholisi «OnTaxi» taksi xizmatidan foydalanishi mumkin. Mazkur dastur manzilga qulay va tezda yetib borishni kafolatlaydi, deb xabar berdi «ITC.ua».
Ayni vaqtda 3 turdagi transport vositasini buyurtma qilish mumkin. Agarda biror joyga shoshmayotgan va pulni tejab qolish istagida bo‘lsangiz «Chanalar»ni buyurtma qilishingiz mumkin. Maxsus o‘rgatilgan haydovchi sizni manzilga sekin, biroq aniq olib boradi.
«Standart klass» orqali jarayonni tezlashtirish ham mumkin. U uchta it va chanadan iborat. Mazkur servisning noqulay jihati — shamol yuzingizga uradi.
Uchinchi xizmat turi — «Qordayurar» mashina ham mijozlarga taqim etiladi. Bu orqali buyurtmachi o‘z manziliga tez va qulay yetib olishi mumkin. U himoya oynasi, junli o‘rindiqlar bilan jihozlangan.
Antarktidadagi taksi servisining boshqalaridan farqi — hech qachon «konditsionerni yoqib yuboring» deya olmaysiz. Biroq quyidagi qo‘shimcha buyurtmalardan foydalanishingiz mumkin:
- Qaloplar;
- Yumshoq etiklar;
- Ko‘p gapirmaydigan itlar.
Xizmat haqini naqd, plastik karta yoki itlarga yemish berish orqali ham to‘lasa bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter