Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerikada askarlar tanasiga chip o‘rnatila boshlandi

Amerikada askarlar tanasiga chip o‘rnatila boshlandi

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

Amerikada harbiylarning sog‘ligini nazorat qilish uchun ularga chip o‘rnatilmoqda. Endilikda generallar o‘z askarlariga nima bo‘layotganini bilishi, jarrohlar esa jarohat olingan vaqtda o‘zini qanday qilib tutish lozimligi haqida maslahat berishi mumkin, deb xabar qiladi «Hi-tech.mail.ru».

Chip qondagi shakar darajasi, gemoglabin miqdori va hatto uyquning sifati haqida batafsil ma’lumotlarni to‘playdi. Olingan ma’lumotlar asosida askarni jangga yuborish yoki yubormaslik hal etiladi.

Shuningdek, datchiklar yordamida shifokorlar jarohat olgan askarga jang maydonida o‘zini qanday tutish lozimligi haqida maslahat bera oladi. Bundan tashqari chiplar yordamida masofadan turib jarrohlik amaliyotini ham o‘tkazish mumkin.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, askarlarning to‘rtdan bir qismi qon oqishini vaqtida to‘xtata olmagani oqibatida halok bo‘ladi. Yangi texnologiya yordamida AQSh armiyasi ushbu raqamlarni qisqartirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Dastlabki chiplar amerikalik askarlarga joriy yildanoq o‘rnatiladi. «Biz muntazam ravishda o‘z harbiylarimiz sog‘ligini nazorat qilamiz va ulardagi kasalliklar borasida maksimal ma’lumotlarga ega bo‘lib turamiz», — deydi AQSh armiyasi general-leytenanti Nadya Uest.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring