Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Allo... Yagona portal “Сall-markaz”i eshitadi!

Allo... Yagona portal “Сall-markaz”i eshitadi!

Barchamizga ma’lum, pandemiya sabab davlat xizmatlaridan uydan chiqmagan holda, masofadan turib foydalanishga ehtiyoj ortdi. Bu, o‘z navbatida, Elektron hukumatning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) zimmasiga yanada mas’uliyat yukladi.

Kuchaytirilgan karantin davrining ilk kunidanoq, ya’ni 2020 yilning 18 martidan Yagona portal orqali davlat xizmatlaridan foydalanishda yuzaga keladigan savollarga o‘z vaqtida va tezkor javob berish uchun 1242 qisqa raqamli “Сall-markazishga tushirilgan.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining 1242 hamda (71) 202-22-02 raqamli “Сall-markaz”lari ayni kunlarda ham faol holatda bo‘lib, operatorlar 208 ta xizmat bo‘yicha foydalanuvchilarda yuzaga kelgan savollarga qisqa fursatda javob berishga va muammo yechimini topishga shay.

Portal operatorlari kuniga 60tadan ortiq murojaat qabul qiladi. Bugungi kungacha mu.gov.uz ning telegram botiga 34 mingga yaqin murojaat kelib tushgan va har biriga tegishliligi bo‘yicha javob berilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring