AKT vazirligi yangi so‘rov o‘tkazmoqda
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakatning iqtisodiy salohiyatini ko‘tarish, xususan zamonaviy axborot texnologiyalari hamda blokcheyn texnologiyasini joriy qilish orqali fond bozori va birja faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlamoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi fond bozori va birja faoliyatiga AKT ni joriy qilish bo‘yicha so‘rovnoma e’lon qildi.
Hamyurtlarimiz o‘z fikr-mulohaza, takliflarni quyidagi manzil orqali taqdim etib, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishga chorlanadi:
Fond bozori va birja faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha so‘rov
Shu bilan birga, vazirlik barcha xohlovchilarni fond bozori va birja faoliyatini axborot texnologiyalari, xususan blokcheyn texnologiyasi yordamida takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan Yo‘l xaritasini shakllantirishga hamkorlikka chaqirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter