Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vazirligi Toshkent shahridagi Mehribonlik uylariga kompyuterlar sovg‘a qildi (foto)

AKT vazirligi Toshkent shahridagi Mehribonlik uylariga kompyuterlar sovg‘a qildi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etish uchun madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishni oshirish bo‘yicha beshta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.

Shu tashabbuslarning uchinchisi — aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan va bu borada Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir qator tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Bu haftaning muhim tadbirlaridan biri poytaxtimizda joylashgan 21, 23 va 30-sonli Mehribonlik uylariga kompyuter jamlanmalari tarqatilishi bo‘ldi. Jami 38 ta kompyuter tarqatilib, tarbiyalanuvchi bolajonlar uchun kompyuter savodxonligi to‘garaklari tashkil etiladi.

Vazirlik tizimidagi korxonalar ham savobdan chetda qolgani yo‘q. «O‘zbektelekom» AK «TShTT» filiali hamda «UZDIGITAL TV» MChJ tomonidan futbol va voleybol to‘plari, shaxmat, shashka va boshqa sport anjomlari taqdim etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring