AKT vazirligi Jahon banki bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi
Bugun, 7- fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Jahon banki vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turgan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov mazkur uchrashuvda onlayn ravishda ishtirok etdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda axborot texnologiyalarini rivojlantirishning muhim masalalari va istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi. Tomonlar loyihalarni hamkorlikda samarali davom ettirishga tayyor ekanligini bildirdi.
Hozirda AKT vazirligi Jahon banki bilan hamkorlikda bir nechta loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter