AKT vaziri xalqaro forumning tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari bilan uchrashdi
Bugun, 1-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mas’ul xodimlarining «TIBO-2021» XXVII Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari forumidagi ishtiroki doirasida AKT vaziri Sh.Sodiqov Tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari Grigoriy Bondarev bilan uchrashdi.
Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv davomida AKT vaziri Sh.Sodiqov va Tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari G.Bondarev AKT sohasida O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va boshqa tadbirlarda O‘zbekiston vakillarining ishtirokini ta’minlash yuzasidan muhokama bo‘lib o‘tdi. Ushbu forum tajriba almashish va sohadagi dolzarb tendensiyalarni muhokama qilish uchun yaxshi platforma ekanligi ta’kidlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter