Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vaziri Termizdagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi va «O‘zbektelekom» ofisiga bordi

AKT vaziri Termizdagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi va «O‘zbektelekom» ofisiga bordi

Foto:«Mitc.uz»

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘quv markazini tashkil etish uchun «O‘zbektelekom» AK Surxondaryo filialining bo‘sh turgan binosi tanlab olinib, to‘liq ta’mirdan chiqarildi.

Mazkur markaz zamonaviy kompyuter jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, unda kompyuterdan samarali foydalanish, dasturlash, veb-bdizayn, kompyuter grafikasi asoslari kabi ixtisoslashgan o‘quv kurslari tashkil etilgan.

Foto:«Mitc.uz»

Shu bilan birgalikda o‘quv markazida Termiz shahri va Surxondaryo viloyatidagi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda xodimlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida o‘z malakasini oshirmoqda.

Shuhrat Sodiqov rahbarligidagi Ishchi guruh Surxondaryo viloyatiga xizmat safarida davomida, «O‘zbektelekom» AK Surxondaryo filiali Termiz shahar telekommunikatsiyalar bog‘lamasining yaqinda ochilgan Sotuv va xizmat ko‘rsatish ofisida ham bo‘lishdi.

O‘tgan yil davomida viloyatda zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida 51,3 ming raqamli 38 ta zamonaviy telekommunikatsiya qurilmalari o‘rnatilib, stansiyalar soni 122 taga va umumiy sig‘imi 112,8 ming raqamga yetkazilgan edi. Shuningdek, 2021-yilning o‘tgan davri davomida 920 km. optik tolali aloqa liniyalari qurilib, umumiy uzunligi 5 ming km.ga yetkazildi.

Aholiga zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish maqsadida 2021-yil 3-mart kuni Termiz shahrida «O‘zbektelekom» milliy operatorining zamonaviy Savdo va xizmat ko‘rsatish ofisi ochildi. Haqiqatda bu maskanda mijozlar uchun barcha sharoitlar to‘laqonli yaratilgan.

Foto:«Mitc.uz»

Bugungi kunda Surxondaryo viloyatidagi aholi maskanlari 104 ta pochta aloqa bo‘limlari orqali pochta xizmatlari bilan qamrab olingan. 32 ta aloqa bo‘limlarida aholiga 16 turdagi davlat va bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Bog‘lamaning xizmat xonalari zamonaviy ta’mirlanib, xodimlar uchun qator qulayliklar yaratilgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring