Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vaziri «Telecom innovations» qo‘shma korxonasida bo‘ldi (foto)

AKT vaziri «Telecom innovations» qo‘shma korxonasida bo‘ldi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Tadbirkorlik mamlakat iqtisodini ko‘tarishda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, bu faoliyat davlat-xususiy sheriklik asosida yo‘lga qo‘yilsa, yanada samarali bo‘ladi.

Axborot-texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida ham xalq ehtiyoji va bozorgir mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bir qancha korxonalar bor. Jizzax va Navoiy viloyatlaridagi iqtisodiy zonalarda optik tolalali kabel, smartfon, aqlli soat kabi talabgir mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ana shunday korxonalardan biri «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasidagi «Telecom innovations»qo‘shma korxonasidir.

Bugun, 8 aprel kuni Navoiy viloyati, Karmana tumanidagi 2-maktabga Prezident sovg‘asi —«Spark» avtomashinasi topshirish marosimiga kelgan AKT vaziri Shuhrat Sodiqov «Telecom innovations» korxonasida ham bo‘ldi.

Foto: «Xabar.uz»

Soha rahbari ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishib, korxona mutaxassislari bilan tayyorlanayotgan mahsulotlar sifatini oshirish, mahalliy va tashqi bozorga chiqarish yuzasidan  suhbatlashdi.

— Bu yerda monoblok kompyuterlar, smartfonlar, ayniqsa, aholi ehtiyojiga ko‘ra elektr jihozlari, led-panellar, routerlar ishlab chiqarilayotgani quvonarli, — dedi Shuhrat Sodiqov. — Davlatimiz rahbari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Soha korxonalari ham tadbirkorlik faoliyatini kengaytirgan holda eksportbop mahsulotlar sonini yanada ko‘paytirishlari zarur.

Foto: «Xabar.uz»

Shuhrat Sodiqov korxonada mehnat qilayotgan yosh xodimlar bilan ham suhbatlashdi, ularga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring