Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vaziri o‘rinbosari xalqaro yuridik forumda ishtirok etdi

AKT vaziri o‘rinbosari xalqaro yuridik forumda ishtirok etdi

22-23-aprel kunlari Toshkent shahrida «Tashkent Law Spring» II Xalqaro yuridik forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari O. Pekos ham ishtirok etdi.

Forumning maqsadi – huquqni rivojlantirish muammolari va zamonaviy tendensiyalarini muhokama qilish uchun yetakchi xalqaro va mahalliy ekspertlarni jamlagan holda ochiq muloqot maydonchasini yaratish, xalqaro huquq hamjamiyatini O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli yuridik islohotlardan xabardor qilishdir.

Shuningdek, forum doirasida davlat xizmatlari, huquqiy axborotni tarqatish, advokatura va notariatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring