Nukus shahrida ixtisoslashtirilgan IT maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Maktabning ochilish marosimida videokonferensiya orqali Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari O.Pekos, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari, Nukus shahar hokimligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi mas’ul rahbar va xodimlari hamda mahalliy yoshlar ishtirok etishdi.
Maktabda zamonaviy informatika va robototexnika xonalari, raqamli kutubxona tashkil qilindi. Xonalar zamonaviy kompyuter texnikalari va interaktiv sensorli doskalar bilan jihozlandi.
Ilm maskanidagi bu kabi imkoniyatlar ixtisoslashtirilgan maktabning samarali faoliyat yuritishida, o‘quvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturlash yo‘nalishida ham o‘z bilim va iqtidorlarini namoyish etishlarida muhim omil bo‘lib xizmat qilishi, shubhasiz.
Tantanada «Bir million dasturchi» yirik loyihasi doirasida Top-100 talikka kirgan o‘qituvchilarni, Nanodegree granti sohiblari va ixtisoslashtirilgan maktabga kirish imtihonida eng yuqori ball to‘plagan 5 nafar o‘quvchilarni taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter