Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vaziri Nukusda IT-inkubatsiya markazi ochilishida qatnashdi (foto)

AKT vaziri Nukusda IT-inkubatsiya markazi ochilishida qatnashdi (foto)

Foto: «Mitc.uz»

Bugun, 7 fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filialiga tashrif buyurdi.

Dastlab AKT vaziri Sh.Shermatov mazkur oliy o‘quv dargohida tashkil etilgan IT-inkubatsiya markazining ochilish marosimida ishtirok etdi.

AKT vaziri markazda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Markaz kompyuter texnikasi va yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlanib, u yerda dasturlash va robototexnika hamda shaxmat-shashka xonalari tashkil etilgan.

Shundan so‘ng mahalliy yoshlar tomonidan tayyorlangan ishlanmalarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Soha rahbari ishlanmalarni kelgusida real loyihalarga aylantirish, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va jahon bozoriga eksport qilish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Tashrif chog‘ida Sherzod Shermatov TATU Nukus filialining faoliyati va kelgusidagi rejalari bilan yaqindan tanishdi.

Hozirgi kunda TATU Nukus filialida ikkita fakultet bo‘lib, bakalavriatning kunduzgi ta’lim shaklida yetita, sirtqida uchta yo‘nalish hamda magistraturada uch mutaxassislik bo‘yicha jami 1870 nafar talaba tahsil olmoqda. Universitetda 71 nafar professor-o‘qituvchi, shulardan 4 nafar fan doktori va professor, 18 nafar fan nomzodlari faoliyat ko‘rsatmoqda. TATU Nukus filialining ilmiy salohiyati 30,1 foizni tashkil etadi.

Tashrif doirasida universitetda tahsil olayotgan talabalar bilan suhbat uyushtirildi. Suhbat davomida yoshlarni qiziqtiradigan masalalar muhokama qilindi. Yoshlar ham takliflarini bildirdilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring