Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vaziri Koreya Ichki ishlar va xavfsizlik vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

AKT vaziri Koreya Ichki ishlar va xavfsizlik vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

Bugun, 15-fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vazirining o‘rinbosari Ko Gyu Chang bilan uchrashdi.

«So‘nggi yillarda koreyalik mutaxassislarning mamlakatimizda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish borasidagi islohotlarda faol ishtirok etayotgani, elektron hukumat va IT-ta’lim sohasidagi yirik loyihalarni joriy etishda bevosita hamkorlik qilayotgani o‘zaro hamjihatlik va ishonchning yuksakligidan dalolat beradi», deyiladi vazirlik xabarida.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuv doirasida O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi AKT sohasidagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, jumladan Koreya va O‘zbekistondagi demografik trendlardan kelib chiqib, koreys kompaniyalari bilan hamkorlikda IT va BPO xizmatlari eksportini rivojlantirish, O‘zbekistondagi yoshlarni AKT sohasiga kengroq jalb qilish hamda yuqori maoshli ish bilan ta’minlash kabi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalasi muhokama qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring