Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vaziri Jahon banki bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi

AKT vaziri Jahon banki bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Foto: AKT vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi AKT vazirligi delegatsiyasining Ispaniya Qirolligida o‘tkazilgan «MWC Barcelona-2022» Jahon mobil kongressida ishtirok etish uchun tashrifi doirasida AKT vaziri Sherzod Shermatov va Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyodagi raqamli rivojlanish bo‘limi direktori vazifasini bajaruvchi va amaliyot rahbari Nikol Klingen o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv doirasida tomonlar «Raqamli O‘zbekiston-2030» strategiyasiga muvofiq raqamli iqtisodiyot, ma’lumotlarni boshqarish va telekommunikatsiya sektorini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik olib borish masalalarini muhokama qilishdi.

Shuningdek, Jahon banki tomonidan IT-Park faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekiston olis hududlarida infratuzilmani kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga biri IT ta’lim ham kiradi. Uchrashuv doirasida IT-mutaxassislari va aholi o‘rtasida raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. IT sohasida yakkama-yakka trening, shuningdek, ayollarning IT sohasida ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlash va ish bilan ta’minlash uchun murabbiylik dasturini tashkil etish bo‘yicha takliflar ham berildi.

IT tadbirkorlik va IT-frilans yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlik olib borish masalalariga jiddiy e’tibor qaratildi. Xususan, mahalliy yoshlarni ish bilan ta’minlash, yurtimizda, shu jumladan, O‘zbekistonning olis hududlarida hamda kichik shaharlarda yangi raqamli ish o‘rinlarini yaratish orqali BPO va KPO xizmatlarini rivojlantirish loyihalarini amalga oshirishda Jahon bankining bevosita ishtiroki ham ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Jahon bankining 2022-yil 24-26-oktyabr kunlari O‘zbekistonda AKT haftaligi doirasida bo‘lib o‘tadigan «ICT Week Uzbekistan» xalqaro raqamli forumida ishtirok etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring