Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vaziri IT-park rezidentining texnologik habi bilan tanishdi — «IMPACTT»

AKT vaziri IT-park rezidentining texnologik habi bilan tanishdi — «IMPACTT»

Foto: IT-park

Bugun, 26-fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov «IMPACTT» texnologik habi faoliyati bilan tanishdi.

«IMPACTT» texnologik habi IT-park rezidenti — «Newmax Technologies» kompaniyasi tomonidan shu yilning yanvar oyida ochilgan.

Ushbu habni tashkil etishdan maqsad —  O‘zbekistonda axborot texnologiyalari rivojlantirishga hissa qo‘shishdir. «IMPACTT»  axborot texnologiyalari, tadbirkorlar, startapchilar va turli ekspertlarni birlashtiruvchi makondir.

«IMPACTT» habida yoshlarga istiqbolli startap g‘oyalari orqali yordamlashish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun venchur studiyasi tashkil etilgan.

Hab kovorking maydoni, ish va uchrashuvlar uchun alohida xonalar, dam olish joylari, qahvaxona va boshqalarni o‘zida jamlagan.

Sherzod Shermatov hab tomonidan taqdim etilgan infratuzilma va uning imkoniyatlarini yuqori baholab, vazirlik va IT-park hab rivojlanishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring