AKT vaziri Huawei kompaniyasining mintaqaviy prezidenti bilan uchrashdi
AKT vazirligi delegatsiyasining Barselona (Ispaniya Qirolligi)da bo‘lib o‘tadigan «MWC Barcelona-2022» Jahon Mobil Kongressida ishtirok etish uchun tashrifi doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov hamda Huawei kompaniyasining Yevroosiyodagi mintaqaviy prezidenti Daniel Chjou bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Davlat xizmatlarini raqamlashtirish va elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha «Oq kitob» (Whitepaper) ishlab chiqilishida xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda amaliy yordam ko‘rsatish imkoniyatlari ko‘rib chiqilishi qayd etildi.
Shuningdek, sun’iy intellektni joriy etish hamda aholiga raqamli xizmatlar ko‘rsatishni kengaytirish va takomillashtirish uchun mavjud AKT infratuzilmasidan foydalanish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Alohida e’tibor mahalliy yoshlarni ishga joylashtirish orqali BPO va KPO xizmatlarini rivojlantirishga qaratilqan loyihalarini amalga oshirishda Huawei kompaniyasining bevosita ishtirokini ta’minlashga qaratildi.
Shuningdek, uchrashuv doirasida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Huawei kompaniyasi o‘rtasida memorandum imzolandi. Tomonlar ta’kidlaganidek, mazkur memorandumda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan aniq choralar aks ettirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter