Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vaziri «Global Optical Communication Co., Ltd.» kompaniyasi prezidenti bilan uchrashdi

AKT vaziri «Global Optical Communication Co., Ltd.» kompaniyasi prezidenti bilan uchrashdi

Foto: «Mitc.uz»

Bugun, 15-dekabr kuni Seul (Koreya Respublikasi) rasmiy tashrif shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov «Global Optical Communication Co., Ltd.» kompaniyasi prezidenti Inchul Park bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar optik tolali mahsulotini ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va istiqbolli yo‘nalishlarni muhokama qildi.

Bugungi kunda «Global Optical Communication Co., Ltd.» kompaniyasining Jizzax viloyatidagi «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasida optik tolali kabellar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Global Optical Communication Uzbekistan» MChJ Qo‘shma korxonasi faoliyat yuritmoqda.

Optik tolali kabellar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo‘shma korxonaga 2019-yil oktyabr oyida «O‘zbektelekom» AK va Janubiy Koreyaning «Global Optical Communication Co., Ltd.:» va Uni «Asset Global Co. Ltd.» kompaniyalari bilan birgalikda asos solingan.

2020-yilda birinchi bosqichda qo‘shma korxonaning «Jizzax» YeIZdagi mavjud binosida tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Ayni paytda «Optik-tolali aloqa kabellari ishlab chiqarishni tashkil qilish» loyihasi «Global Optical Communication Uzbekistan» MChJ QK tomonidan 2 ta bosqichda amalga oshirilmoqda:

qo‘shma korxonaga «O‘zbektelekom» AKning ulushi sifatida kiritilgan «Jizzax» YeIZ hududidagi 1,6 gektar maydon va undagi ishlab chiqarish bino-inshootlarida uskunalar keltirildi va o‘rnatildi. O‘rnatilgan uskunalar yiliga import o‘rnini bosuvchi 20 ming kilometr optik-tolali aloqa kabeli ishlab chiqarish boshlangan edi.

Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari Ma’muriy kengashining 2020-yil 25-yanvardagi Qaroriga ko‘ra, «Jizzax» YeIZ hududidan belgilangan tartibda qo‘shimcha 4,5 ga yer maydoni ajratilgan. Ushbu maydonda import o‘rnini bosuvchi 30 ming kilometr optik tolali aloqa kabeli chiqarish quvvatiga ega kompleks qurilib ishga tushirildi.

Bugunga kelib qo‘shma korxona tomonidan 50 ming kilometr optik-tolali aloqa kabeli ishlab chiqarilmoqda.

«GOC-UZ» yangi ishlab chiqarish korxonasi nafaqat O‘zbekiston telekommunikatsiya infratuzilmasini avvallari xorijiy valyutaga sotib olingan mahsulotlar bilan ta’minlash masalalarini hal etibgina qolmay, balki yuzdan ortiq nafargacha kishilarni, shu jumladan, Jizzax shahridagi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ham ish bilan ta’minlaydi.

O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish uchun zamonaviy yuqori tezlikdagi va ishonchli telekommunikatsiya tarmog‘i zarur. Bugungi kunda O‘zbekiston mis aloqa liniyalaridan optik tolali aloqa liniyalariga faol tarzda o‘tmoqda va bu telekommunikatsiya tarmoqlarining ishonchliligi va tezkorligini ta’minlash barobarida sifatini ham oshiradi.

Uchrashuv doirasida optik tolali kabellarni (FTTH/Drop) ishlab chiqarish quvvatlarni kengaytirish hamda 2022-yilda patch-kord va pigteyllarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ixtisoslashtirilgan klaster va ilmiy-tadqiqot markazni (R&D) tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring