Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT sohasini rivojlantirishga mo‘ljallangan konsepsiyani ishlab chiqishda «McKinsey & Company» bilan hamkorlik masalasi muhokama qilindi

AKT sohasini rivojlantirishga mo‘ljallangan konsepsiyani ishlab chiqishda «McKinsey & Company» bilan hamkorlik masalasi muhokama qilindi

Foto: «Mitc.uz»

29-yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida «McKinsey & Company» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqida vazirlik Axborot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturini shakllantirish va moliyalashtirishga oid yangi tartib to‘g‘risida»gi qarorida vazirlik zimmasiga axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirishning uzoq muddatga mo‘ljallangan konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan edi.

Shu munosabat bilan, vazirlikda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirishning uzoq muddatga mo‘ljallangan konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh shakllantirilgan.

Uchrashuvda «McKinsey & Company» kompaniyasi bilan bu yo‘nalishda hamkorlik qilish va sohani xalqaro tajribani hisobga olgan holda, AKTni uzoq muddatga mo‘ljallangan maqsadli rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Aytish joizki, mazkur konsepsiyada telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, «elektron hukumat»ni joriy qilish, axborot xavfsizligini ta’minlash, sohada innovatsiyalarni tatbiq etish, pochta, logistika hamda elektron tijorat kabi yo‘nalishlarda zamonaviy xizmatlarni joriy qilish, shuningdek, ta’lim, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning ilg‘or usullarini ilgari surish kabi maqsadlar ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, shuningdek, bu masalada keng jamoatchilik fikri va qarashlarini hisobga olish, konsepsiyani ishlab chiqishda mahalliy va xalqaro ekspertlarning ishtirokini ta’minlash maqsadida so‘rov so‘rov o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring