Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT sohasiga yetakchi ekspertlarni jalb qilish masalasi muhokama qilindi

AKT sohasiga yetakchi ekspertlarni jalb qilish masalasi muhokama qilindi

Foto: MITC

Bugun, 28 yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov hamda BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska o‘rtasida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi raqamli rivojlanish sohasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan uzoq yillik muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelmoqda.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda raqamli rivojlanish bo‘yicha kompleks rejalarni amalga oshirish bo‘yicha joriy va kelajakdagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha atroflicha fikrlar almashildi.

Shu bilan birga, kun tartibiga qo‘yilgan bosh masalalar, jumladan, axborot texnologiyalari va yoshlarning AKT savodxonligini oshirish, sohalarga yetakchi ekspertlarni jalb qilish masalalari ham muhokama qilindi.

Muloqot so‘ngida Matilda Dimovska AKT vazirligi bilan qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga hamda O‘zbekistondagi samarali hamkorlikni yanada sezilarli darajada oshirishga tayyorligini bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring