Afg‘oniston AKT vaziri TATUga bordi

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Afg‘oniston Islom Respublikasining kommunikatsiya va axborot texnologiyalari vazirligi o‘rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan «Strategik hamkorlik bo‘yicha anglashuv Memorandumi» imzolangani haqida xabar bergan edik.
Afg‘oniston kommunikatsiya va axborot texnologiyalari vaziri Shahzod Gul Aryobi ushbu tashrif davomida 4-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga ham bordi. Bu haqda universitet saytida ma’lum qilindi.

Unversitet rahbariyatining Shahzod Gul Aryobi bilan uchrashuvida TATU va Qobul shahridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari instituti bilan hamkorlik o‘rnatish masalalari muhokama qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter