Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

66 kishining o‘limida «Apple» aybdor sanalmoqda

66 kishining o‘limida «Apple» aybdor sanalmoqda

Foto: «NV.ua»

«EgyptAir» kompaniyasiga tegishli «MS804» reysida halokatga uchragan fuqarolarning yaqinlari «Apple» kompaniyaga qarshi da’vo arizasi bilan chiqdi. Ularning ta’kidlashicha, havo kemasi bortida yong‘in «Apple» qurilmalaridan birining yonib ketishi oqibatida yuzaga kelgan, deb xabar beradi «NV.ua».

«Parij — Qohira» yo‘nalishi bo‘yicha parvozni amalga oshirayotgan «Airbus A320-232» samolyoti O‘rta Yer dengizida, Iskandariya shahridan 290 kilometr shimolda halokatga uchragan. Havo kemasi bortidagi 66 kishining barchasi halok bo‘lgan.

Samolyot qoldiqlari topilib, qayta tiklanganida samolyotning old qismida yong‘in chiqqani aniqlangan. Yong‘inga nima sabab bo‘lgani aniqlanmagan. Taxminlardan biriga ko‘ra, yong‘in uchuvchilardan biriga tegishli «iPad» va «iPhone 6S» qurilamalarining yonib ketishi oqibatida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.

Aviahalokat qurbonlari yaqinlarining advokatlari so‘zlariga qaraganda, ularda «Apple» kompaniyasining aybdor ekanligini isbotlovchi yetarlicha dalillar mavjud. Aynan qanday dalillar borasida gap ketayotgani hozircha noma’lum.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring