600 Mb/soniya! Eng tez ishlaydigan kompyuter fleshkasi paydo bo‘ldi
Amerikaning «Patriot Memory» kompaniyasi dunyodagi eng tez ishlaydigan USB flesh-saqlagichni ishlab chiqdi. Nomi — «Supersonic Rage Prime 3.2 Gen 2». Bu haqda «Techpowerup» xabar berdi.
Avvalo aytish kerakki, «Supersonik» portativ SSD emas. O‘lchamlari — 1 x 2,1 x 5,3 sm. Og‘irligi — 8,2 gramm, ikkinchi avlod type-A USB 3.2 interfeysi orqali ishlaydi.
Fleshka uch xil — 250 GB, 500 GB va 1 TB talqinda taklif etilmoqda. Interfeysining o‘tkazuvchanligi 10 Gbit/s.ga teng, ma’lumotlarni davomiy uzatishda 600 MB/s.gacha tezlikni ta’minlaydi. Bu xususiyati uni SATA SSD toifali saqlagichlar darajasiga ancha yaqinlashtiradi.
600 Mb/soniya — yuqori tezlik, misol uchun bitta filmni 1-2 soniyada ko‘chirib olish mumkin.
«Supersonic Rage Prime 3.2 Gen 2» Windows, Linux va MacOS operativ tizimlariga mo‘ljallangan. Narxi 48,8 yevrodan boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter