Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2017-yilda qaysi davlat organlari veb-saytlari xizmatlaridan eng ko‘p foydalanildi?

2017-yilda qaysi davlat organlari veb-saytlari xizmatlaridan eng ko‘p foydalanildi?

Illyustrativ surat

Foto: «Kafanews.com»

«Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi Yagona davlat interfaol xizmatlari portalining 2017 yildagi faoliyatini sarhisob qildi, deb xabar bermoqda O‘zA.  

Xabarda aytilishicha, 2017-yili portalda ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 239 mingdan oshgan. Yangi xizmatlar joriy etilishi bilan birga, YaDIXP mavqei ham ortib bormoqda, aksariyat odamlar davlat organlariga qog‘oz orqali emas, balki elektron tarzda murojaat qilishni afzal ko‘rmoqda.

2017-yil davomida portalga xizmatlardan foydalanish yuzasidan 762 mingdan ortiq ariza kelib tushgan. O‘tgan yil dekabr oyining o‘zida 91 ming xizmat ko‘rsatilgan. Bu xizmatlarning 92 foizini bojxona xizmatlari tashkil etgan. Tashqi savdo shartnomalari haqida ma’lumot taqdim qilish, bojxona organlariga yuk deklaratsiyasini elektron tarzda topshirish xizmatlari shular jumlasidandir.

2017-yilda davlat organlari orasida eng ommabopi Moliya vazirligining veb-sayti bo‘ldi. Moliya vazirligining budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha interaktiv xizmatlariga 34 mingdan ortiq foydalanuvchi murojaat qilgan. Bundan tashqari, hukumat portali (gov.uz) ga 13 ming foydalanuvchi tashrif buyurgani va u 79 ming martta ko‘rilgani qayd etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring