14 yoshli bola tangadagi shifrlarni qariyb bir soat ichida o‘qiy oldi
Avstraliya tashqi razvedka xizmatining kiberxavfsizlik agentligi (Avstraliya signallar boshqarmasi — ASD) 75 yilligi munosabati bilan 50 sentlik esdalik tangasi chiqargandi.
Tangada aks etgan shifrlarni buza olganlarni Avstraliya tashqi razvedkasi ishga olishga va’da bergandi.
Tobora murakkablashib boruvchi to‘rt bosqichli kodni tasmaniyalik (Avstraliyadagi orol) 14 yoshli o‘g‘il bola buzishga muvaffaq bo‘ldi. ASD bosh direktori Reychel Noublning aytishicha, bola bu ishni uddalash uchun bir soatdan sal ko‘proq vaqt sarflagan.
«Xoh ishoning, xoh ishonmang, tasmaniyalik 14 yoshli bola barcha to‘rt bosqich shifrlarini to‘g‘ri topgan birinchi inson bo‘ldi... Ishonish qiyin. O‘zingizni uning onasi o‘rniga qo‘yib ko‘ring-a? Biz tez orada u bilan ko‘rishish va ishga yollashga umid qilamiz», — dedi Noubl.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter